25 May 2022 yil 233

Farmon ijrosi amalda

        Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 mart kunidagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonini ijrosini taʼminlash hamda xotin-qizlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligini oldini olish maqsadida Koson tuman hokimligida IIV JXXD HPBB, viloyat homiligi, viloyat IIB Muborak va Koson tuman hokimligi va MFYlar xotin-qizlar faollari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
        Tadbirda IIV JXXD HPBB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Umida Аbdullaeva Muborak va Koson tumanlarida joriy yilning 4 oy davomida amalga oshirilgan profilaktik ishlar mahalla kesimida atroflicha tahlil etildi. Muhokamada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni siyosiy faolligini oshirish, kasbga oʼqitish va bandligini taʼminlash orqali xotin-qizlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni kamaytirish toʼgʼrisida takliflar bildirdi.
        Yigʼilishda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar oilaviy zoʼravonliklarni barvaqt aniqlash va ularni oldini olish borasida hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirish, sodir etilgan jinoyatlarni mahalla, sektor kesimida muhokama etilishi hamda jinoyat sodir etishga moyil xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy profilaktik ishlarni doimiy ravishda olib borish toʼgʼrisida tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Text to speech