26 Yanvar 2022 yil 487

FАRMON IJROSI АMАLDА


Boshqarma Patrulь-post xizmati batalьonida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrь kunidagi Oʼzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonini oʼrganishga bagʼishlangan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi. Unda batalьon rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda farmonda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayoti, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jamiyatda qonunga itoatkorlik hamda huquqiy madaniyatni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi.
Jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʼnalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʼzaro maqsadli hamkorligi yoʼlga qoʼyilgani, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʼz faoliyatini «Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor gʼoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklayotgani ishtirokchilarga tushuntirildi.
Savol-javob tarzida kechgan muloqotda ishtirokchilarning savollariga tegishli javoblar berildi.

Text to speech