28 Dekabr 2020 yil 444

FАOL XODIMLАR TАQDIRLАNDI

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarining ota-onalari, oilasi ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, sogʼlom turmush tarziga rioya etishlari yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi va IIV OʼXB Qashqadaryo viloyati masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

 Tadbirda xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etish, ichki ishlar organlari xodimlarining xalq oldidagi obʼroʼ-eʼtiborini oshirish lozimligi uqtirildi. Tarbiyaviy ahamiyatga yoʼgʼrilgan yigʼilishda YPX inspektorlarining ota-oanlar va oilasiga ishdan boʼsh vaqtlarda nima ishlar bilan mashgʼulligini nazorat qilish aytib oʼtildi.

Yigʼilishda zimmasiga yuklangan vazifalarni bekamu koʼst bajarib, hamkasblariga oʼrnak boʼlib kelayotgan namunali YPX inspektorlariga viloyat IIB YHXB boshligʼining tashakkurnomalari va pul mukofotlari hamda xizmatda foydalanish uchun yangi namunadagi "jezl" moslamalari topshirildi.

Text to speech