“Faxriylarning ibrat yo‘li”
2024-yilning 8-oktabr kuni
O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida uzoq yillar ichki
ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirokida “Kasbim-
faxrim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyat
IIB boshlig‘ining maslahatchisi, iste’fodagi podpolkovnik Z.Obilov hamda
boshqarma faxriylar kengashi a’zosi, iste’fodagi polkovnik A.Ibodov ishtirok
etib, yoshlarda vatanparvarlik, tanlagan kasbiga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularni
kuchaytirish, ular ongiga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy
burchimiz” degan g‘oya asosida faoliyat ko‘rsatish lozimligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, faxriylar ichki
ishlar organlaridagi uzoq yillik samarali xizmat faoliyati davomida orttirgan
tajribalarini o‘quvchilarga so‘zlab berishdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga javob oldilar hamda ushbu sohaga oid bilimlari boyidi.