Faxriylar bilan uchrashuv
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz
turizmni ta’minlash boshqarmasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat
qilish – oliy burchimiz!” shiori asosida viloyat IIB Faxriylar kengashi
a’zolari, iste’fodagi polkovnik J.Sultonova va podpolkovnik N.G‘ofurov bilan
hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga taklif etilgan faxriylar,
bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida
davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, soha xodimlari
uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ta’kidlab,
xodimlarda yurtga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning
kasbiy jangovarligi, bilim saviyasini oshirish, korrupsiya holatlariga
murosasiz bo‘lish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va
qonunchilikka rioya etishi, fuqarolar, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar bilan
xushmuomalada bo‘lishi xususida tavsiyalar berildi.