7 Iyul 2021 yil 597

“Ezgu orzuyim ushaldi”


Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojiga oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan bir guruh fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinmoqda. Bunda muhtaram Prezidentimizning tashbbuslari bilan yangi tahrirda 2020 yil 13 mart kuni qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida”gi Qonuni muhim dasturilamal boʼlib xizmat qilmoqda. Oʼtgan davrda bunday Qamashi tumanida istiqomat qilib kelayotgan 187 nafar FBSh Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Jumladan, asli Qamashi tumanida tugʼilib, taqdir taqazosi bilan Tojikiston Respublikasida yashab tumanning Qamay qishlogʼida FBSh guvohnomasi bilan yashab kelayotgan Juraev Аbdirashid va uning turmish oʼrtogʼi Juraeva Munavvarga ham Qamashi tumanida IIB Mva FRB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.

Text to speech