11 Sentyabr 2024 yil
318
Yetti nafar shaxslar jazodan ozod etildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tumani sudi
tomonidan sayyor sud o‘tkazildi. Unda Dehqonobod tumani IIB JXX Probatsiya
guruhi hisobida turib, axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 7 nafar mahkumlar o‘talmay qolgan jazodan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Ko‘lami keng tadbirda
ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining "Probatsiya
to‘g‘risida" Qonunining qabul qilinganligi, uning ijrosi, ayrim moddalarga
o‘zgartirish kiritilib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlaganlarga jiddiy choralar
ko‘rilishi tushuntirildi.