1 Oktyabr 2021 yil 389

Ehtirom namunasi


Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʼlsa-da, hamon jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, yoshlarga oʼz oʼgit va maslahalarini berib kelayotgan bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi. Uzoq yillar tergov sohasida rahbarlik qilgan isteʼfodagi polkovnik Ochil Xoʼjanov, nafaqadagi polkovnik Jamila Sultonova, podpolkovnik Hakim Jabborovlar xonadonida boʼlishib, ustozlarni bayram bilan qutlashdi.
Yoshlarga kasb sirlarini oʼrgatib ustozlik qilgan ichki ishlar organlarining faxriylari yosh xodimlariga hayot yoʼllari, tajribasini aytib berishdi. Faxriylar eʼzoz va ehtirom uchun vazirlik va boshqarma rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirib, vatan xizmatiga doimo shayligini bildirishdi.
Tadbirda faxriylarga yana bir bor eʼzoz va ehtirom koʼrsatilib, esdalik sovgʼalari topshirildi.

Text to speech