Eʼtiborsizlik va extiyotsizlik sabab yaʼna bir YTН sodir boʼldi
2021 yil 22 avgust kuni chamasi soat 22.00 larda Qamashi tumani, “Elabod” mahallasi, Kattaarab qishlogʼi hududidan oʼtgan “Langar-Maydanak” 4N314-raqamili yoʼlining 4 km da, Yakkabogʼ tumani, Galamulla qishlogʼida yashovchi, Yakkabogʼ tuman hokimligida haydovchi vazifasida ishlovchi А.R oʼzining boshqaruvidagi “NEKSIYА-3” rusumli avtomashinani boshqarib kelib, “Langar” suv omborining beton toʼsigʼiga urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, avtomashinada boʼlgan Yakkabogʼ tuman hokimining qurilish masalalari boʼyicha oʼrinbosari B.F , yana ikki yoʼlovchilar turli tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.