5 Avgust 2023 yil 259

Yoshlarning muammolariga yechim topilmoqda

 

Yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning vorislari. Bugun biz ularni qiynayotgan muamolarni hal etib, hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishiga ko‘maklashsak, kelajagimiz har tomonlama yetuk va barkamol avlod qo‘lida bo‘ladi.   

  Prezident topshirig‘iga asosan, joylarda yoshlarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aziz Allanazarov Koson tumani 3-sektoridagi “Xalqobod” mahallasida istiqomat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bandligi ta’minlanmagan, nogiron yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida Koson tumani “Xalqobod” MFY  Ohangrabo ko‘chasi, 28-uyda yashovchi, 2003  yilda tug‘ilgan Xumoyun Normurodov surunkali ko‘z kasalligi bilan davolanib yurishi ma’lum bo‘ldi. Xumoyun Normurodov bilan ota-onasi ishtirokida suhbat o‘tkazilib, orzulari, qiziqishlari so‘ralganda sportning shaxmat turiga qiziqishi inobatga olinib, tumandagi to‘garakka a’zo qilindi. Va u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Koson tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Shu mahallaning Kenagas ko‘chasi, 1 - uyda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan Sharif Murodov ham surunkali qand kasalligi bo‘yicha 2-guruh nogironi.  Suhbat davomida uning dori-darmonlarga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘ldi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari natijasiga ko‘ra Sharif Murodov ga “Yoshlar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davolanish va dori-darmon uchun 1 320 000 so‘m  moddiy yordam ajratilib,  ro‘zg‘or uchun oziq ovqat mahsulotlari berildi.

Tadbir doirasida yoshlar bilan uzviy muloqotda bo‘lish, muamolarini hal etish maqsadida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘ldi va shaxsiy telefon raqamini berib, bolalar kelajagi uchun ular bilan baravar mas’ul ekanligini ta’kidladi.  

Bu boradagi ishlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Text to speech