Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusi bilan Shahrisabz, Yakkabogʼ tumanlarida yoshlar oʼrtasida sport bilan shugʼullanishni toʼgʼri targʼib qiluvchi targʼibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB hamda tuman IIB xodimlari bilan birgalikda ishchi guruh bir nechta sport toʼgaraklari – ogʼir atletika, fitnes va shu kabi bir qator sport toʼgaraklariga tashrif buyurib, murabbiy va sportchilar bilan suhbatlashdi. Ularga sport yovuzlikka emas, ezgulikka xizmat qilishi gʼoyasi atroflicha tushuntirildi.
Bu yoʼnalishdagi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: