17 Mart 2020 yil 1022

YOSHLАR BILАN UCHАShUV

Yaqinda Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzaev va Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev “Hokim va yoshlar” dasturi doirasida Dehqonobod tumanidagi “Qoluvdor” mahalla fuqarolar yigʼini va “Ingichka” qishloq fuqarolar yigʼinida yoshlar bilan uchrashuv uyushtirishdi. 

4000 ga yaqin fuqarolar istiqomat qilayotgan Qoluvdor qishlogʼida yoshlar uchun 500 ta kitobdan iborat kutubxona ochildi.Viloyat rahbarlarining yoshlar bilan boʼlib oʼtgan ochiq va samimiy uchrashuvida ularning kundalik turmushida uchrayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan muloqot qilindi. Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev qishloq oqsoqollari, faollar yoshlar bilan ochiq samimiy suhbatda boʼldi. Fuqarolarning murojaati yuzasidan huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berdi. 

Bunday uchrashuvlar nafaqat yoshlar balki har bir fuqaro qalbida yaratuvchanlik va bunyodkorlikka ilhom uygʼotishi shubhasiz.  

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati.

Text to speech