“ENG YАXSHI NOTIQ”
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʼquvchilari oʼrtasida “Eng yaxshi notiq” tanlovi boʼlib oʼtdi. Tadbirda 12 nafar ishtirokchilar oʼzlari tayyorlab kelgan maʼruzalari asosida notiqlik mahoratlarini namoyish etishdi. Mavzular koʼlami turfa xilligi sababli oʼquvchining mavzuni oʼrganish jarayoni koʼproq nazarda tutilgan edi.
Tanlovning ikkinchi bosqichida har bir guruhdan bir nafar, jami toʼrt oʼquvchi ifodali, mazmunli sheʼr oʼqishdi. Tanlovning uchinchi bosqichi - “Eng yaxshi notiq” yoʼnalishida oʼquvchilar bilet tortib, muammoli, bahsga boy mavzular yuzasidan javoblarini nutqiy mahoratlari orqali bayon etishdi.
Tanlovda hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilari orasidan “Eng yaxshi notiq” yoʼnalishiga 3-20 guruh oʼquvchisi Аrslon Toxirov gʼolib deb topildi. Eng yaxshi ifodali va mazmunli sheʼr aytish yoʼnalishida esa Firdavs Аbdusalomovga teng keladigani raqib boʼlmadi.
Gʼoliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan “Maqtov yorliq”lar bilan taqdirlandi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi oʼquvchisi Diyorbek Аlisherov tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar barchaga xushkayfiyat bagʼishladi.
Oʼquvchilarning nutqiy boyligi, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, mustaqil va tanqidiy-tahliliy fikrlashini oʼstirishga zamin yaratish, yetakchilik xislatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tadbirdan koʼzlangan maqsadga erishildi.