“Eng yaxshi kitobxon” aniqlandi
Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda 30 nafardan ortiq ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan kitoblar doirasida kitobxonlik va kitob mutolasi borasidagi bilimlarini sinovdan o‘takzish maqsadida tashkil etilgan tanlov uch bosqichdan iborat shartlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Tanlovning birinchi bosqichida qatnashchilar bilet tortish asosida uchta savolga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda esa o‘qilgan 10 ta savolga belgilangan vaqt asosida tezkor javoblarini berishi sinovdan o‘tkazildi. So‘nggi bosqich “Tanlangan asar tahlili” yo‘nalishida esa har bir qatnashchi o‘zi o‘qigan asar g‘oyasi, yo‘nalishi hamda mazmunini aniq va to‘liq bayon etib berishiga ahamiyat qaratildi. Tanlov qatnashchilarning bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar ham berib borildi.
Tanlovda to‘plagan umumiy ballari natijasiga ko‘ra Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili katta leytenant Jamshid Musurmonov g‘oliblik bo‘ldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni G‘uzor tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi, tayanch punktlari profilaktika inspektori katta leytenant Ikrom Shodmonov va Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant Mashhura Mirzayeva (3-o‘rin) qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomi va kitoblar sovg‘a qilindi.