Eng namunali oila
Qashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida “Eng namunali oila” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIB xodimlari ishtirok etdi.
Tanlov qatnashchilari uch shart – 1-shar tanishtiruv, 2-shart xodimning hayoti va xizmat faoliyati haqida videorolik, 3-shart savol-javob tarzida oʼzaro bellashdilar.
Qizgʼin bahs-munozara asosida kechgan tanlovda boshqarma PPX va JTSB PPX batalьoni 2-otryad boʼlinma komandiri serjant Bunyod Yuldoshev oilasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB profilaktika inspektori mayor Ulugʼbek Kuchimov va boshqarma MMI va KBTX kantselyariyasi boshligʼi safdor Oybek Ergashev oilassi band etishdi.
Gʼoliblar viloyat IIBning diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.