28 Mart 2023 yil 1271

“Eng ilg‘or qo‘shilma”

IIV Qorovul qo‘shinlarida 2022-2023 o‘quv yilida jangovar shaylik, jangovar xizmat faoliyati va harbiy intizom bo‘yicha o‘tkazilgan “Eng ilg‘or qo‘shilma” tanlovida 7533-harbiy qism g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabati bilan IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i polkovnik U.Djabbarov 7533-harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy qism komandiri, polkovnik R.Rozumovga “Eng ilg‘or qo‘shilma” tanlovi kuboklarini topshirdi.

Tashrif davomida Qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik U.Djabbarov 2023 yil muddatli harbiy xizmatchilar bilan harbiy xizmatga ko‘nikish jarayonlari va mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashib, muddatli harbiy xizmatchilarga o‘zining tavsiyalarini berdi.

Text to speech