29 Mart 2024 yil
526
Yolg‘onining oxiri voy bo‘ldi
Yakkabog‘
tumani yashovchi fuqaro X.Begaliyeva joriy yilning 18-mart sanasida Yakkabog‘
tumani ichki ishlar bo‘limiga yani 102
xizmatiga murojaat qilib jiyani Y.Begaliyeva o‘zini osib o‘ldirganligi haqida
yolg‘on xabar berdi. Xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor
guruhi yetib bordi va hech qanday holat sodir bo‘lmagani hamda o‘zini osib
o‘ldirganligi aytilgan Y.Begaliyeva ham sog‘-salomat ekani aniqlandi.
Yolg‘on
axborot berganligi sababli fuqaro X.Begaliyevaga nisbatan MJtKning 199-moddasi
bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va JIB sudi tomonidan BXM ning 1
baravar miqdorda jarimaga tortildi.