30 Iyul 2021 yil 624

Elektron platformada oʼquv mashgʼulotlari

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”ti qarori hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli koʼrsatmalari talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, 2021 yilning 05-29 iyulь kunlari Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari yuqori lavozimlarga kadrlar zahirasiga roʼyxatiga kiritilgan xodimlarining kasbiy malakasi oshirish boʼyicha Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituining institutning masofali taʼlim elektron platformasi yordamida oʼquv mashgʼulotlarini oʼtkazildi.
Kadrlar zahirasidagi 7 nafar xodimlarini oʼquv tayyorgarlikdan oʼtkazishda rahbarlik kompetentsiyasi, boshqaruv, jamoa psixologiyasi, boshqaruv tizimining mohiyati va printsiplari, uni amalga oshirish usullari, axborot-tahlil faoliyatining asosiy tamoyillari va axborotni baholash mezonlari mavzularida oʼtkazilgan elektron oʼquv mashgʼulotida barcha mavzular qamrovga olindi. Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish jarayoni, axborot-tahlilning asosiy bosqichlari, koʼrsatkichlarni tahlil etish, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, boshqaruv qarorlarining ijrosini va nazoratni tashkil etishga doir zarur boʼlgan kasbiy bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan oʼquv dasturiga muvofiq xizmatdan ajralmagan holda masofaviy tarzdagi, yaʼni offline tizimida oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Mashgʼulot ishtirokchilarning bilim va malakasini oshirish bilan birga sohaga oid qaror va qonunlar hamad meʼyoriy hujjatlarni oʼrganib amaliyotda qoʼllashiga mustahkam asos boʼldi.

Text to speech