“Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni
qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”
2024 yil 21 fevraldagi PF–37-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar
vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy
dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
maqsadida, joriy yilning may-iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun
birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va
sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida
Viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari mayor M.B.Telyayev mamlakatimizda
inson huquqlarini ta’minlash, davlat va jamoat birlashmalarining siyosiy
faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z
yuritdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Viloyatning Shahrisabz
tumanidagi “Qiyomshayx” mahalla fuqarolar yig‘ini "Yettiligi"
birinchi o‘ringa, G‘uzor tumanidagi “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini
"yettiligi" ikkinchi o‘rinni
hamda Muborak tumanidagi “Quruvchilar” va Nishon tumanidagi "Obi
hayot" mahalla fuqarolar yig‘ini "yettiligi" uchinchi o‘rinlarga
munosib deb topildi. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va maxsus diplomlar
topshirildi.