6 May 2024 yil 349

Yoshlar sportga jalb etildi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov o‘ziga biriktirilgan Qarshi shahar “Aralovul” mahallasida yashovchi yoshlar orasidan sportning futbol turi bo‘yicha Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “DXX raisi kubogi”musobaqasida ishtirok etish uchun shakllantirilgan “ARALOVUL JAMOASI” yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston professional futbol ligasida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan “Nasaf” futbol klubiga qarashli markaziy o‘yingohda klub rahbariyati bilan hamkorlikda tajribali murabbiylar shtabi tomonidan mashg‘ulotlar olib borish, yoshlarni musobaqaga jismoniy va taktik jihatdan tayyorlashga kelishib olindi.
Haftaning har seshanba va juma kunlari klub akademiyasi sport inshootida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilandi.
Bundan tashqari, jamoaga ruhiy jihatdan ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Nasaf” futbol klubi muzeyiga tadbir o‘tkazilib, klubning shonli tarixi, erishgan natijalari, klub futbolchilarining qo‘lga kiritgan yutuqlari birma-bir ko‘rsatildi. Bu yoshlarda katta qiziqish bilan kutib olindi.

Shu bilan birga, musobaqada ishtirok etayotganjamoaning barcha 16 nafar a’zolariga jamoa nomi tushurilgan futbol kiyimlari va futbol to‘plari tarqatildi.
Ayni kezlarda “ARALOVUL JAMOASI” “Nasaf” futbol klubi murabbiylar shtabi qo‘l ostida mashg‘ulotlarni boshladi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech