4 Mart 2024 yil
459
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa
Bugun Tarix fakultetida tashkil etilgan tadbirda
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi
bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni
oldini olish kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektori
M.Jabbarov, psixolog A.Husanov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
dekan o‘rinbosari M.Karimov va 1-2-bosqich talabalari qatnashdi. Yoshlarni
qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.