“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘shma
qaroriga ko‘ra, har haftaning payshanba kuni barcha oliy taʼlim muassasalarida
“Talabalar xavfsizligi” kuni doirasida bugun Xalqaro innovatsion universitetida “Yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida davra suhbatlari tashkil
etildi.
Tadbirlarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarni oldini olish,
ularning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi
bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni
oldini olish kabi masalalar xususida so‘z bordi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga
atroflicha javob berildi.