“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizda joriy yilning 1 fevralidan 1
mart kuniga qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari
xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator tezkor profilaktik
tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Olib borilayogan profilaktik tadbirlarga
qaramasdan joriy yilning 6 fevral kuni
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat
qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrisabz tumani “Chorshanbe”
mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Y. dan 5 dona gugurt qutiga
joylangan 25 gramm og‘irlikdagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini 2.000.000
so‘mga sotgan vaqtda ushlandi.
Fuqaro M.Y.bilan olib borilgan dastlabki
surishtiruvlarda giyohvandlik moddasini
Shahrisabz tumani “Shanbe” mahalalsida yashovchi nafaqaxo‘r X.K.dan 1500 000
so‘m pul evaziga sotib olganligini bildirgan. Fuqaro X.K. ning yashash xonadoni
ko‘zdan kechirilganida 8 dona gugurt qutiga hamda xar-xil rangdagi selofanlarga
solingan jami: 1 kg 018 gramm og‘irlikdagi
“Marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi
aniqlanib, olingan ashyoviy dalillar
protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.