Yoshlar qo‘llab-quvvatlash – bosh vazifa
Shahrisabz tuman IIBda 2024 yil - Yoshlar va
biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan bo‘limda xizmat qilayotgan
yosh xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma MMI va KBTX
rahbariyati, faxriylar va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Yoshlar bilan
ishlash guruhi hamda tuman IIBning yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Ko‘lami
keng yig‘ilishda so‘z olgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Yoshlar bilan
ishlash guruhi katta inspektori, katta leytenant Muzaffar Bashirov ichki ishlar
organlarida tashabbuskor va intilluvchan
yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion g‘oyalarga undash,
jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishlari, dunyoqarashini kengaytirish,
kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda
xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda xizmat intizomi va qonunchilik
talablariga qat’iy rioya etishlari,
turli xil noxush holatlar keltirib chiqarmasliklari to‘g‘risida ma’ruza
qildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar organlari
xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi talablari,
qonunchilik va IIVning meyoriy buyruqlari talablariga amal qilishlari lozimligi
to‘g‘risida ogohlantirdi.
Yig‘ilishda ilg‘or natijalarni qo‘lga
kiritayotgan xodimlarning yutuqlari va ularni rag‘batlantirish borasida amalga
oshirilgan ishlar ular e’tiboriga yetkazildi.
Bu boradagi ishlar davom etttirilmoqda.