1 Noyabr 2023 yil 1701

Yoshlar kiberjinoyatchilikka qarshi

Kiberjinoyatlar–bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi bu jinoyatni shaxs masofadan sodir qiladi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi, bu jinoyatda inson  hayotiga emas balki ma’lumotlariga hujum bo‘ladi.  Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida tashkil etilgan tadbirda hozirgi kunda uchrayotgan kibertahdidlar, internet tarmog‘idagi huquqbuzarliklar va ulardan himoyalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, onlayn qimor o‘yinlarini o‘ynaganlik uchun belgilangan javobgarlik masalalari, plastik kartasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik hamda zararli havolalarga kiritmaslik zarurligi ta’kidlandi. Tadbirda Qashqadaryo viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo’limi boshlig’i, kapitan Akrom Ubaydullayev hamda Umib tezkor vakili, podpolkovnik Laziz Jo’rayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Ravshanova, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov ishtirok etib, mavzu doirasida ma’ruza qildi. Yoshlar ogohlikka chaqirildi. Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech