2 Fevral 2024 yil 445

Yoshlar - giyohvandlikka qarshi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan  “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” tadbiri doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Institut o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, savdosi va iste’mol qilinishining oldini olishga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va jamoatchilik vakillari birdek mas’ul ekanligi, narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari va ayanchli oqibatlari haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi .

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgani, narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech