1 Fevral 2024 yil
542
Yoshlar – giyohvandlikka qarshi
Mamlakatimizda joriy yilning 1-fevralidan 1
mart kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish” tezkor profilaktik tadbiri
boshlandi. Shu munosabat bilan Dehqonobod tuman Tibbiyot birlashmasi va Tibbiyot
texnikumida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan
tadbir doirasida tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi xodimlari tomonidan
targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda so‘z olganlar giyohvand moddalar va
psixotrop moddalarni yoshlar orasida tarqalishini oldini olish, bu illatning
salbiy oqibatlari xususida yoshlarga tushuncha va tavsiyalar berishdi.