26 Dekabr 2023 yil 645

Yoshlar bilan uchrashuvda muammolar yechim topdi

Yoshlar - kelajagimiz. Ularni bandligini ta’minlash, kasb-hunar va sportga jalb etish, kundalik va maishiy muaamolarini  hal etish bugungi kun talabi. Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi tumani “Charog‘il” mahallasida yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sektorlar rahbarlari va ishchi guruhi va 23 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning 12 ta murojaatlari tinglandi. 

Qabulda ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘z band etish, tadbirkorlik uchun kredit olish, oliygohga kontrakt to‘lovi, davolanish uchun moddiy yordam, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan iborat marojaatlar tinglandi.  

Jarayonda 4 ta murojaatlar joyid hal etildi. bir kishiga huquqiy tushuntirish berildi. O‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan 7 ta murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi. 

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari mahallada joylashgan tuman M va MTBga qarashli 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarning ta’minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Issiqlik tizimining ishchi holatini o‘rganib, mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Text to speech