7 Iyul 2021 yil 596

EHTIYOTKORLIK ZАRАR QILMАYDI

 

Sir emas keyingi paytlarda koronavirus infektsiyasi xuruji koʼlami ancha kengayib, dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Uning yangi shtammlari paydo boʼlib odamlarning hayotiga zomin boʼlmoqda. Аholi salomatligini saqlash, turli koʼngilsiz holatlarning oldini olish va infektsiya xavfini kamaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 25 iyunь kunidagi 74-sonli bayoni qabul qilindi. Mazkur bayon ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomnidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, PPXvaJTSB PPXB xodimlari hamkorlikda Qarshi shahridagi bozorlar, mehmonxonalar, saunalar, spasalon, koʼngilochar obʼektlar, restoran, kafe, tungi klublar, bilyard zallari va kompyuter oʼyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish va oshxona, choyxonalarda muntazam targʼibot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Targʼibt davomida maishiy xizmat koʼrsatish shoxbchalari rahbarlari hamda ish boshqaruvchilarga kunning soat 8-00dan 22-00gacha ishlashiga ruxsat berilganligi, koʼngilochar va umumiy ovqatlanish obʼektlarida tashrif buyuruvchilarga, ushbu muassasalarining umumiy sigʼimining 50 foizidan qatʼiy oshirilmagan holda, xizmat koʼrsatishi va boshqa cheklovlar toʼgʼrisida ogohlantirishlar va tushuntirish berilayati.

Joriy yilning 05 iyulь kuni profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya hamda PPXva JTSB PPX batalьoni xodimlari olib borgan targʼibot-tashviqot hamda tushuntirishlarga qaramasdan, karantin qoidalariga amal qilmaganligi uchun shahar xududida jami 257 nafar fuqarolarga Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 6 nafar fuqarolarga MJtKning 54-moddasi 2-qismi hamda 4 nafar fuqarolarga esa MJtKning 194-moddasi tartibida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan Qarshi shahar IIO FMB 1-2-3-4sonli IIB maʼmuriy hududidaga dehqon va buyum bozori, yirik super marketlar savdo doʼkonlari, mebel sotuvchilar, telefon apparatlari va zargarlik buyumlari savdosi bilan shugʼullanuvchi shaxslar bilan maxsus antiseptik vositalaridan foydalanish, tana haroratini oʼlchash, bozor hududiga kiruvchi fuqarolar doimiy niqobda boʼlishligi toʼgʼrisida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Hududga biriktirilgan xodimlar tomonidan mahallada yashovchi fuqarolar bilan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishlari niqobsiz yurmasligi yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari ham uchrab turibdi.
Mavjud toʼyxonalar, restoranlar, oilaviy bazmlar va boshqa koʼngilochar marosimlar oʼtkazishda karantin qoidalariga rioya etishlik, 100 kishidan ortiq odam tuplamaslik boʼyicha maʼmuriyatiga tushintirilib, doimiy ravishda mutaxassislar jalb qilingan holda dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda. Tadbirga kelgan har bir fuqarolarning tana harorati mutaxassislar tomonidan oʼlchanib, qoʼllari dezinfektsiya qilinib, karantin qoidalariga rioya etish, oraliq masofa saqlangan holda oʼtirishlari yoʼlga qoʼyilmoqda.
Qarshi shahar IIO FMB profilaktika inspektorlari tomonidan jami 147 nafar fuqarolarga nisbatan karantin qoidalariga amal qilmaganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Qurilish mollari, uy-ruzgʼor buyumlar, kiyim-kechak va sport savdo obʼektlari tadbirkorlariga tozalovchi maxsus antiseptik vositalaridan foydalanish, mijozlarni savdo doʼkoniga niqobsiz kiritmaslik va xaridorlar oʼzaro 2 metrdan kam boʼlmagan oraliq masofani saqlashliklari hamda tadbirkorlar tomonidan sunʼiy ravishda narx-navo oshirilishiga yoʼl quymasliklari tushuntirilmoqda.
Hududga biriktirilgan xodimlar tomonidan mahallada yashovchi fuqarolar bilan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishlari niqobsiz yurmasligi yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlar olib borilishiga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari ham uchrab turibdi.

Text to speech