25 May 2024 yil
1240
“E-material” tizimi bo`yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo
viloyati prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi
bilan jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha “E-material”
axborot tizimining yangi versiyasini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha o‘quv
seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda
Bosh prokuratura mas’ul xodimi xizmat davomida jinoyat haqida ariza, xabar va
boshqa ma’lumotlar bo‘yicha “E-material” tizimining afzalliklari va
qulayliklari, tezkorlik va ortiqcha vaqt sarflashning oldini olishga xizmat
qilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Savol-javoblar asosida kechgan seminar
ishtirokchilarning bilim va malakasini oshirdi.