9 Iyul 2025 yil 64

Djurayev Alisher Jonimqulovichning tuman aholisiga murojaati

Assalomu alaykum aziz Shahrisabz tuman aholisi hamda tumanimiz mehmonlari, muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishbo‘yicha shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muhim qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi kreminogen vaziyat bo‘yicha profilaktik ogohlantiruvchi murojaat yo‘llamoqdaman. Ushbu ogohlantiruvchi murojaatni yo‘llashdan ososiy maqsadimiz tumanimiz aholisi va mehmonlarimizni kreminogen vaziyatdan ogoh qilgan holda siz a’zizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni minimal darajaga tushurishdan iborat.

Ushbu chora-tadbirlarning samaradorligi, albatta, siz — hurmatli fuqarolar bilan yaqin hamkorlikka bog‘liq. Shu munosabat bilan, sizlarga murojaat qilishni joiz deb bildik. So‘nggi paytlarda tumanimizda bank plastik kartalaridagi mablag‘larni noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirish holatlari ko‘paymoqda. Kiberjinoyatlar keng tarqalayotganini ko‘rsatadi. Quyidagi usullar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishingiz juda muhim:

      Birinchidan, sizga begonalar yoki yashirin raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “bank xodimi” yoki moliyaviy tashkilot vakili deb tanishtirib, sizga pul ajratilayotgani, fondlardan mablag‘ berilishi yoki nafaqangizni rasmiylashtirish haqida aytsa — bu gaplarga ishonmang! Bunday suhbatlar paytida hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni — pasport raqami, yuz tasviri, plastik karta ma’lumotlari yoki Telegram’dagi profilingizni yubormang. Bu — firibgarlik!

       Ikkinchidan, turli notanish akkauntlar orqali sizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “Akam bo‘lasiz”, “Rasmdagi sizmi”, “Avtomashina g‘olibiga aylandingiz”, “Shu videoda siz bor ekansiz”, "Omadli raqam sohibiga aylandingiz" kabi va’dalar berilsa — hushyor bo‘ling! Ular shu yo‘l bilan shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.

         Uchinchidan, firibgarlar maxsus dasturlar yordamida o‘z telefon raqamlarini mashhur tashkilot yoki kompaniyalar raqamiga o‘xshatib, “Qimmatbaho sovg‘a” haqida yolg‘on xabarlar yuborishlari mumkin. Bu holatda ham ular shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishadi. Bunday holatlar natijasida telefon raqamingizga bog‘langan bank kartangizga ruxsasiz kirib, undagi pullarni o‘g‘irlab ketishlari yoki nomingizdan mikromoliya tashkilotlaridan kredit rasmiylashtirish orqali sizga katta qarz yuklatilish ehtimoli yuzaga keladi. Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni — plastik karta raqami, pasport seriyasi va raqami, fotosurat va boshqa maxfiy ma’lumotlarni hech kimga bermang! Har qanday “Boyib ketish” takliflarga ishonmang va qat’iyan rad eting!

       Agar sizga shubhali murojaat bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshiring:        

       Avvalo, suhbatni darhol to‘xtating !!!

       Zudlik bilan Shahrisabz tuman IIB navbatchilik qismining +99875-522-78-12 telefon raqamiga yoki Qashqadaryo viloyati IIBning 102 tizimi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, Ichki ishlar organlari ma’sul hodimlariga ushbu holat haqida xabar bering. Ichki ishlar organlari tomonidan murojaat qilgan shaxs yoki tashkilotning firibgar yoki ishonchli ekani bo‘yicha zarur tekshiruv ishlari amalga oshiriladi.

        Siz telefoningizni xotirasiga “@kiber_yordamchi_bot” ushbu botni o‘rnatsangiz, Sizga keladigan xar qanday zararli  kiberxujumlardan saqlaydi. 

Murojatimni yakunida siz azizlarni ya’na bir bor ogohlikka chaqiraman. O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik, aziz yurtdoshlar.

Text to speech