6 Aprel 2022 yil 717

Do'kondan o'g'rilik sodir etgan shaxs qo'lga olindi

Chiroqchi tumani “Obod” MFYda yashovchi K.O. 2022 yil 11 mart kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 larda, oʼzi ishlaydigan Chiroqchi tumani, “Yangiqurilish” MFY hududida joylashgan savdo doʼkoni ochiq holatda turgan vaqtida nomaʼlum shaxs doʼkon ichkarisiga kirib, javon tortmasidan K.O.ga tegishli boʼlgan 7.690.000 soʼm pullarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Chiroqchi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surushtiruv ishlari natijasida ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Shahrisabz tumani, Shanbi qishlogʼida yashovchi N.N. sodir qilganligi aniqlangan. Chiroqchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan N.N.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech