27 Dekabr 2024 yil 1320

“Dor-ul kutub” ziyo maskani

Davlatimiz rahbarining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha  kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan mamlakatimizda zamonaviy kitob do‘konlari qurilib, badiiy, huquqiy va ma’naviy meroslarimizni o‘z ichiga olgan bebaho kitoblar olami bilan boyitilmoqda. Yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi «Dor ul-kutub»  ziyo maskani ham foydalanishga topshirildi. Tadbirda  viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va Faxriylar kengashi, ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar qay zamon va makonda bo‘lmasin, ilm-fan, madaniyat taraqqiyoti, qo‘yingki, har qanday sohani kitoblarsiz tasavvur qilish qiyinligini ta’kidlashdi. Bugungi telekommunikatsiya asrida, texnologiyalar jadal rivojlangan, elektron axborot almashinuvi cho‘qiga chiqqan bir paytda ham yozma adabiyot kitoblar o‘z nufuzini yo‘qotgani yo‘q.    

«Dor ul-kutub» - «Kitoblar uyi»  keng omma va yosh kitobxon hamda  o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Dor ul-kutub» yakka tartibdagi tadbirkorlik  subyekti tomonidan ikki mingga yaqin badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlandi. Kitoblar maskanining uch tomoni oynavand qilinib, yorug‘ va shinamligi bilan o‘quvchini o‘ziga chorlaydi. Bundan tashqari, kitobxon bu ilm maskanida o‘tirib mutolaa qilishi uchun stol-stullar, konditsioner o‘rnatilgan. Internet tarmog‘iga ulangan 3 ta kompyuter orqali kitoblar va keraklar adabiy asarlarni elektron shaklda yuklab olib ketish imkoniyati ham bor.

Muhtaram Prezidentimizning «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus»ning to‘rtinchisi bugungi kunda yoshlarning o‘zini anglashi va o‘zligini tanishiga ko‘maklashish maqsadida ularda kitob va kitobxonlikka mehr uyg‘otish hammasidan tarbiyaning barcha jihatlaridan muhim.

Umuman olganda olganda hozirgi yoshlarning ulg‘ayishi, el-yurt taqdiriga munosabati, muvaffaqiyat tomon qadam tashlashi oldingiga qaraganda boshqacha.

 Fikri erkin, shuuri teran, ilm va saviyasi yuksak yigit-qizlar qancha ko‘paysa, Vatan istiqboli shuncha yorqinlashadi.

Text to speech