DOLZARB MAVZUDA TADBIR
To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 35-son manzil koloniyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida “Dolzarb ikki oylik” doirasida “Terrorizm va ekstremizmga birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat IIB TQX Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi, mayor Dilshod Haqberdiyev so‘zga chiqib, mamlkatimizda ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalinishda ushbu taqiqlangan materiallar joylashtirilgan saytlarga kirmaslik tavsiyalarini berdi.
Nomlari keltirilgan saytlarga bilib va bilmagan holda kirib, materiallardan foydalangan, saqlagan va tarqatgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini ishtirokchilarga tushuntirishdi.
Savol-javoblar asosida o‘tgan tadbir ishtirokchilarning bu boradagi bilimini boyitdi.