Dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari
- MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov Koson va Kasbi tuman
IIBlari shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomini mustahkamlash, faoliyatda
qonuniylikka rioya etish, xodimlar tomonidan poraxo‘rlik, tamagirlik
jinoyatlari sodir etilishini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda ichki ishlar organlarida korrupsiyaga
qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda bu boradagi
boradagi omillarni keskin kamaytirish, qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash
va chek qo‘yish, uning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taklif va yo‘riqnomalar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish
yo‘nalishida aniq chora-tadbirlar belgilab, rahbar xodimlarning mas’uliyati va
javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha
vazifalar belgilab olindi.
Bu borada
ishlar davom ettirilmoqda.