8 Noyabr 2024 yil 1015

“Dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiriga start berildi

  Yo‘riqnomada Qarshi shahrini jinoyatlardan xoli hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga e’tibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

  Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektorlar rahbarlari Qarshi shahridagi 64 ta mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlashga xizmat qilayotgan zamonaviy, yuzni identifikatsiya qiluvchi videokuzatuv kameralaridan samarali foydalanish, sodir etilayotgan har bir huquqbuzarlik  va jinoyatlarni chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy yondashuv asosida natijadorlikka erishish borasida o‘zining tegishli tavsiya va topshiriqlarini berib, tungi xizmatga start berdi.

Reyd tadbirlari viloyat bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Text to speech