19 Dekabr 2024 yil 684

“Dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Yakkabog‘ tumani IIB JXX Probatsiya xizmati xodimlari JIB tuman sudi bilan sayyor sud va Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazishdi

Jumladan, yaqinda JIB Yakkabog‘ tuman sudining sayyor sud majlisida nazorat ostidagi shaxslarning 17 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Sayyor suddda JIB Yakkabog‘ tuman sudi raisasi Adolat Xamrayeva jazodan ozod etilgan shaxslar ijtimoiy foydali menat bilan shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladi. Mabodo qayta jinoyatlar sodir etgan taqdirda xatti-harakatining oqibatlari haqida huquqiy tushunchalar berdi.

Yakunda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda 4 nafar nazoratdagi shaxslarga ishga yo‘llanmalar berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech