"Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Shahrisabz tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratidagi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Otaliqqa olingan Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Probatsiya nazoratidagi 25 nafar yoshlar oʻzlarini qiynab kelayotgan turli huquqiy va ijtimoiy masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi. Yoʻllangan murojaatlarning asosiy mazmunini ish va oʻqishga joylashish shuningdek, mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kreditlar olishda huquqiy maslahatlar berildi. Tadbir yakunida Probatsiya nazoratidagi otaliqqa olingan yoshlar uchun tuman Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tomonidan "ISHGA MARHAMAT" boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazilib, 6 nafar ishsiz nazoratdagi shaxsga Shahrisabz shahrida joylashgan "KOICA" oʻquv markazida kasbga tayyorlovda oʻqishlari uchun yoʻllanmalar berilib, 4 nafar otaliqqa olingan Probatsiya nazoratidagi yoshlar Shahrisabz davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi va Shahrisabz tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga ishga joylashtirildi.