16 Noyabr 2024 yil 1063

"Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Qarshi shahar hokimligida joriy yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda Qarshi shahar sektorlar rahbarlari, milliy gvardiya va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar kun tartibidagi masala - joriy yilda shaharda voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning sabablari va oqibatlarini atroflicha muhokama qilishdi.

Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish har bir fuqaroning burchi ekanligi, bu borada o‘qituvchi va ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, bolalarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida huquqiy va profilaktik tadbirlarni sifatli va samarali o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.

Yakunda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarning fikrlari eshitildi va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi

Text to speech