1 Dekabr 2023 yil
1488
“Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va viloyat IIBning hududlarda kriminogen
vaziyatni yaxshilash borasida o’tkazib kelinayotgan navbatdagi tadbiri Koson
tumani yoshlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Koson tumanida
jinoyatchilikka qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar va qayd etilgan ijobiy
natijalar e’tirof etilishi barobarida, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi
kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etishga qaratilgan
chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yoshlar bilan atroflicha suhbat qurilib,
ularni bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishda
amaliy yordam berish borasida tegishli
choralar ko’rildi.