6 Dekabr 2023 yil 1266

“Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish maqsadida viloyat hududida ichki ishlar organlari tezkor xizmat xodimlari tomonidan reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Jumladan, viloyat hududida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish maqsadida 150 ta xonadonlar ko‘zdan kechirilib, ushbu jarayonlarda 34 ta jinoyatlar “issiq izlar”da fosh etildi. 18 nafar jazodan bo‘yin tovlab yurgan qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Tadbir davomida 16 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilib, 700 grammga yaqin zahri qotil og‘ufurushlardan olindi. Fuqarolarda noqonuniy saqlanayotgan 9 ta har xil turdagi qurollar aniqlanib hujjatlashtirib olindi.

Ilgari sudlangan, jinoyat sodir etishga moyil 70 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular qonunbuzarlikka qo‘l urmasligi bo‘yicha rasman ogohlantirildi.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat etishga moyil  shaxslar bilan  profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 9 nafaridan qo‘lbola usulda yasalgan bita, 14 nafaridan kastet va boshqa sovuq qurollar olinib, ularga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi. 

Muqaddam sodir etilib, ochilmasdan qolayotgan 17 ta jinoyatlar ham tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar davomida fosh etildi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ham sodir etilgan 12 ta jinoyatlar fosh etilib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlandi. 

 Bu boradagi ishlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Text to speech