17 Fevral 2023 yil 554

Do‘kondan o‘g‘irlangan telefon topildi

Qarshi tumani “Quyi Beshkent” MFYda yashovchi A.M. “Bodomzor” MFYda joylashgan savdo do‘konida “Redmi 9S” rusumli telefonini noma’lum shaxs yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini, Qarshi shahrida yashovchi D.M. sodir etganligi aniqlanib, “Redmi 9S” rusumli telefon tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Qarshi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Text to speech