12 Avgust 2023 yil
804
Do‘konda yo‘qolgan telefon topildi
Qarshi tuman “Paxtakor” MFYda yashovchi, uy bekasi, T.M. tushdan so‘ng kundalik oziq-ovqat mahsulotlari olish uchun Beshkent shahrida joylashgan savdo do‘koniga bordi. Do‘kondan mahsulot olish jarayonida “SAMSUNG J-1” rusumli telefonini stol ustiga qo‘yib, sotuvchiga yuzlandi. Zaruriy mahsulotlarni olib, pulini to‘lagach, telefonini qo‘ygan joyidan topolmadi. Va bu haqda tuman IIBga ariza berdi.
Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi I.A. sodir qilganligi aniqlanib, “SAMSUNG J-1” rusumli telefon hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.