15 Iyul 2023 yil 190

Do‘kon o‘g‘risi topildi

Joriy yil 3 iyul kuni ertalab, do‘konidan xabar olgani chiqqan   Kasbi tumani “Yuksalish” MFYda yashovchi O.J. derazani ochiqligini ko‘rib, yuragi hapriqdi. Shubhasi bejizga emas ekan.

O‘g‘rilar savdo do‘konidan 1.000.000 so‘m pul, 1 dona 2.500.000 so‘mlik “TOSHIBA” rusumli noutbuk, 1 dona 1.200.000 so‘mlik “REDMI 9A” rusumli qo‘l telefoni, 7 dona jami 1.700.000 so‘mlik har-xil rusumdagi qo‘l telefonlarini va 1.100.000 so‘mlik so‘mkasini o‘g‘irlab ketganligini bildi.

Bu haqda ichki ishlar organlarinin 102 xizmatiga murojaat etdi.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani IIB xodimlari tomonidan

olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, mazkur jinoyatni tumanni “Yuksalish” MFYda yashovchi N.J. sodir etilganligi aniqlanib, jinoyatga aloqador daliliy ashyolar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Ayni kezlarda Kasbi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech