“Diydor”ga o‘g‘ri tushdi
Chiroqchi tuman IIBga 2023 yil 17 iyul kuni tushgan habarga ko‘ra, Chiroqchi tumani Choshtepa MFY, 1-qator, 7-uyda yashovchi, mavsumiy ishchi, 2002 y.t Qilichev G‘olibjon Qahramon o‘g‘li ariza bilan murojaat qilib, arizasida, shu kuni soat 06:10larda, mijozlarni kuzatgan Chiroqchi tumani markazida joylashgan “Diydor” nomli choyxona ish yurituvchisi Q.G‘. kun bo‘yi tik oyoqda ishlab, charchagani bois burchakdagi xonaga kirib uxlab qoldi. Tong sahar uyqudan turib, yoniga qo‘ygan telefoni, puli va qarz daftarini topolmadi va darhol bu haqda Chiroqchi tuman IIBga xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPXB 2-tumanlararo PPX guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘irlikni Shahrisabz shahar, “Qushxona” MFYda yashovchi X.A. sodir etganligi aniqlanib, undan “IPhone-11” rusumli telefon apparati tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ayni kezlarda holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.