24 Iyun 2023 yil 6525

Diqqat, e’lon!

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “profilaktika inspektori” lavozimlariga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy ma’lumotli fuqarolarni xizmatga qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish 2023 yil 26, 27 va 29 iyun kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar IIV Qashqadaryo Akademik litseyida bo`ladi.

Tanlovlarga Qashqadaryo viloyatida doimiy ro‘yxat (propiska)da turuvchi,  muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan, bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan (erkak) fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi hujjatlar bilan kelishlari talab etiladi:

- fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

- oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (asl nusxasi va ilovasi);

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);

- yoshi 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘ligining holati haqida ma’lumotnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qabul va tanlov shartlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni viloyat IIBning
“Qashqadaryo viloyati IIB” (https://t.me/kashuvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin. 

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Buyuk Turon ko‘chasi 56-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (75) 227-22-89, (75) 224-41-95.

Text to speech