5 May 2023 yil 2736

Diqqat, e’lon!

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘sh profilaktika inspektori lavozimlariga oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya, jurnalistika, boshqaruv va huquq, ijtimoiy-gumanitar hamda axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishini tamomlagan fuqarolarni tanlov asosida ishga qabul qiladi.

Nomzodlarni 2023 yil 10-may kunidan 20-may kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar IIV Qashqadaryo Akademik litseyida ro‘yxatga olinadi.

Tanlovlarga Qashqadaryo viloyatida doimiy ro‘yxat (propiska)da turuvchi,  muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan, bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan (erkak) fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi hujjatlar bilan qabulga kelishlari so‘raladi.

 

- fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

- oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (asl nusxasi va ilovasi);

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);

- yoshi 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- mehnat faoliyatiga ega bo‘lishi (ishlayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘ligining holati haqida ma’lumotnoma bilan kelishlari so‘raladi.

 

Qabul va tanlov shartlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni viloyat IIBning
“Qashqadaryo viloyati IIB” (https://t.me/kashuvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin. 

 

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Buyuk Turon ko‘chasi 56-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (75) 227-22-89, (75) 224-41-95.

 

 

Text to speech