“Dillarda Vatan madhi” qo‘shiq va she’riyat tanlovi
Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar organlari otalig‘iga biriktirilgan 14dan 30 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar orasida iqtidorlilarini aniqlash va tanlab olish maqsadida
Viloyat Yoshlar markazida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va
she’riyat tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami
keng tanlovda vohaning barcha shahar-tumanlaridagi tanlovning dastlabki
bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 32 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
Qashqadaryo
viloyatidagi ijodkorlar tomonidan baholab borilgan tanlov qizg‘in va murosasiz
bahslarga boy kechdi.
Ko‘rik-tanlovning
she’riyat yo‘nalishida 1-o‘rinni Qarshi shahar vakilasi Maftuna Temirova
o‘zining Vatan to‘g‘risidagi yozgan she’ri bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi
sovrinli o‘rinlar Chiroqchi tuman vakilasi Onajon Qo‘ldosheva va Shahrisabz
shahar vakilasi Shaxina Usmonovaga nasib etdi.
Tanlovning
qo‘shiqchilik yo‘nalishida Shahrisabz tuman vakilasi Jasmina Sheraliyeva
1-o‘rinni, Shahrisabz shahar vakili Eldor Tursunov, 3-o‘rinni Qarshi tumani
vakili Og‘abek Lutfulloyev band etishdi.
Ko‘rik
–tanlov g‘oliblari Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.