DIQQAT E’LON !
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga (bakalavriati kunduzgi ta’lim shakliga) o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga “Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past bo‘lmagan, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, yo‘nalishiga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan, “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” yo‘nalishlariga bo‘yi 165 sm past bo‘lmagan, ma’lumoti umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta-maxsus professional nomzodlar, yoshi 17 dan kichik, 25 dan katta bo‘lmagan, Qashqadaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi; (shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi)
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
universitetga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagi bo‘lgan nomzodlar 2025 yilning 1 fevral kunidan 20 mart kuniga qadar soat 09.00 dan 17.00 gacha quyidagi hujjatlarni aslini taqdim etgan holda murojaat etishlari mumkin:
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, Buyuk turon ko‘chasi 56-uy IIV Qashqadaryo akademik litseyi
Ma’lumot uchun telefon: (75) 224-40-88, 224-42-03
Ushbu telegram kanal orqali kerakli hujjatlarni olishingiz mumkin: https://t.me/qviib_jxx_25