8 Fevral 2024 yil 211

Diqqat! bedarak yo‘qolgan shaxs qidirilmoqda

Koson tumani “Mesit” mahallasi, Sumbula ko‘chasi, 39-uyda yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro Eshonqulov Tuyg‘un Eshonovich qidirilmoqda.  

U joriy yilning 6 fevral kuni soat 09.00larda uyidan yashil rangli “Ural” rusumli velosipedda chiqib ketib qaytib kelmagan.

Asosiy belgilari: bo‘yi 165-170 sm atrofida, sochi oqargan, qoshlari qora, ko‘zlari jigar rang, yuzi do‘maloq shaklda, burni o‘rtacha kattalikda, tishlari tabiiy, lablari o‘rtacha kattalikda.

Eshonqulov Tuyg‘un Eshonovich haqida biror ma’lumotga ega fuqarolardan 102, 75-221-09-02, 97-317-01-00, 88-387-00-02 telefon raqamlariga xabar berishlari so‘raladi.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Text to speech